05:56 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
111 0 0

Jahon banki vitse-prezidenti Oʻzbekistonda qambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangi strategiyani ishlab chiqish, shuningdek, hukumatning inson kapitali va fuqarolarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga investitsiya qilishni davom ettirish rejalari haqida maʼlumot berdi

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Anna Byorde JB va mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Video-konferentsiya orqali oʻtgan uchrashuvda Moliya vaziri Timur Ishmetov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Shuhrat Vafayev, Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli hamda Oʻzbekiston hukumati va Jahon bankining boshqa vakillari ishtirok etdi.

"Janob Qoʻchqorov va boshqa rasmiylar bilan samarali muloqot boʻlib oʻtdi. Biz odamlarning hayotini saqlab qolish va koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish uchun hukumatning inqirozga qarshi chora-tadbirlarini muhokama qildik. Oʻzbekistonda qambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangi strategiyani ishlab chiqish, shuningdek, hukumatning inson kapitali va fuqarolarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga investitsiya qilishni davom ettirish rejalari haqida maʼlumot berishdan mamnunman", - dedi Anna Byorde uchrashuvdan soʻng.

"Pandemiya natijasida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, Davlat hukumati qishloq xoʻjaligidagi, davlat korxonalarini boshqarish, bank sektori va boshqa ustuvor sohalardagi tarkibiy islohotlarni davom ettirishga boʻlgan qatʼiyatini taʼkidlab oʻtmoqchiman. Bundan oldin amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bugun Oʻzbekistonga inqirozni bartaraf etishga yordam beryapti. Jahon banki Oʻzbekistonda keng iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda moliyaviy-texnik yordam koʻrsatishni davom ettiradi!",- deb qoʻshimcha qildi Byorde.

Bir muddat oldin Jahon banki Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun 500 million dollar ajratishi haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular