05:18 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
287 0 0

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi - prezident farmoni.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda alkogol chakana savdosi  bilan shugʻullanadigan muassasalarga beriladigan litsenziya muddati cheklanmaydigan boʻldi. Bu haqida prezidentning 23 iyul kuni imzolangan 6033-sonli farmoni aytib oʻtilgan.  

Farmonga muvofiq, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi negizida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda ushbu agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Agentlikning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 

  1. alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
  2. isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  3. alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash.
  4. sohaga investitsiyalarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
  5. oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;

Shuningdek, ushbu Farmonga koʻra 2020 yil 1 avgustdan:

  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqiga ruxsat beruvchi guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi;
  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aktsiz soligʻi solinadi;
  • ishlab chiqaruvchilar isteʼmol etil spirtining 50 foiz haqini oldindan toʻlash shartlarida realizatsiya qilish huquqiga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu Farmon vinochilik sohasini jadal rivojlantirish, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, alkogol mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida qabul qilingan.

Farmonning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular