Chigirtka chegara bilmaydi - BMT va Yaponiya Markaziy Osiyoga yordam berishga qaror qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishNashestvie saranchi
Nashestvie saranchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi bosqichda yordam Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga ko‘rsatiladi. Tez orada Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston ham loyihaga qo‘shiladi - JICA.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik.  BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO), Yaponiya hukumati va Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) Markaziy  Osiyo hududiga chigirtkaga qarsh kurashda yordam beradi.

Loyihaning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo hududida qishloq aholisining daromad manbaini hamda oziq-ovqat xavfsizligini saqlab qolish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdir. Muddati - 5-yil, umumiy qiymati - 7,23 million dollar bo‘lgan yordam barcha Markaziy Osiyo davlatlarini qamrab oladi, - deyilgan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘ngi yil davomida ushbu hududda chigirtka soni keskin oshishi kuzatilgan. Ushbu zararkunanda hashoratlar qishloq xo‘jalik yerlariga va yaylovlarga katta xavf solmoqda.

“Chigirtka to‘dalari qo‘shni Pokiston va Hindiston dalalarini to‘ldirib yubordi. Ular Markaziy Osiyoga o‘tmasligi uchun imkon qadar tezroq zarur choralarni ko‘rish kerak. Yaponiya hukumati Markaziy Osiyoga ushbu xavfni bartaraf etishda yordam berishga qaror qildi”, - dedi Yaponiyaning Tojikistondagi elchisi Takayuki Miyacita.

Chigirtkalar o‘simliklarni payhon qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston chigirtka ofatiga qarshi birgalikda kurashadi

“Hozircha Markaziy Osiyoda chigirtka soni o‘sishi Tojikistonda kuzatilmoqda. Birinchi bosqichda yordam Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga ko‘rsatiladi. Chigirtka chegara bilmaydi, shu sababli loyihaga tez orada Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston ham qo‘shiladi. Ushbu loyiha nafaqat chigirtkaga qarshi kurashda balkim ushbu mamlakatlar orasida aloqalar mustahkamlashiga xizmat qiladi, deb umid qilaman”, - dedi JICA vakili Xideki Tanabe.

Odatda chigirtka yashaydigan hududlar ular xozir tarqalayotgan hududlardan uzoqda joylashgan, lekin chigirtka siyosiy chegaralarni juda oson kesib o‘tadi va keng hududlarda oson tarqalishi mumkin va qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitga katta zarar yetkazishi mumkin. BMT va JICA loyihasi nafaqat chigitka tarqalishiga qarshi kurash, balkim uning tarqalishini oldini olish, doimiy monitoring qilish va o‘zaro axborot almashinuvini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0