O‘zbekiston va Turkiya pandemiyaga qaramay o‘zaro savdoni 5 mlrd dollarga yetkazishni tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda har ikki mamlakat tegishli idoralarining ekspert va mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitim loyihasini tasdiqlash jarayonini tezlashtirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya pandemiyaning ta’siriga qaramay, o‘zaro savdo hajmini qisqa muddatda 5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjan bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida o‘zaro savdo munosabatlarining joriy sur’atlari hamda ushbu yo‘nalishda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali o‘zaro savdo hajmini yanada ko‘paytirish istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

“Tomonlar pandemiyaning ta’siriga qaramay, o‘zaro savdo hajmini qisqa muddatda 5 mlrd dollarga yetkazish niyatlarini tasdiqlashdi. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda har ikki mamlakat tegishli idoralarining ekspert va mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitim loyihasini tasdiqlash jarayonini tezlashtirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni qamrab oluvchi boshqa bir qator dolzarb masalalar, jumladan, har ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Gruzoviki na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya o‘zbek mahsulotlarining to‘siqsiz tranziti uchun qulay sharoit yaratishni ko‘rib chiqadi

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi: shu o‘rinda joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrida Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan yuk tashish uchun 50% dan 70% gacha tarif chegirmalarini joriy etish to‘g‘risidagi bayon imzolanganligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida Turkiya tomoniga mamlakat temir yo‘l ma’muriyatining ushbu bayonga ehtimoliy qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlari doirasida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan harakatlar rejalashtirilib, ikki mamlakat tashqi iqtisodiy idoralari darajasida o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirishni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0