14:10 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
42 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki va Rossiya Markaziy banki oʻrtasida kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Oʻzbekiston markaziy banki xabariga koʻra, hujjat kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat markaziy banklarining oʻzaro hamkorligini koʻzda tutadi.

Qayd etilishicha, kompyuter hujumlariga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik bank tizimida axborot xavfsizligining tahdidi yuzasidan prognozlarni ishlab chiqish va ogohlantirish strategiyalarining samaradorligini oshirish, kompyuter hujumlarining sabablarini aniqlash, ularga munosabat bildirish va oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.

Asosiy mavzular