O‘zbekistonda virusdan himoya qiluvchi kombinezon ishlab chiqarildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infeksionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishni oldini oluvchi tibbiy kombinezonlarni ishlab chiqarilmoqda.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Cotton Road” qo‘shma korxonasi Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi “HeiQ Viroblock” innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi.

Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakterial texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostumlar ishlab tizimidir. Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

“Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, paxta matosidan ishlab chiqarilgan ushbu kombinezonlar uzoq muddatli qulay ishlashni ta’minlaydi. 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta’minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori

Yangiliklar lentasi
0