15:40 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
541 0 0

Oʻzbekiston oʻz oltin-valyuta zaxiralarini ushlab turishi kerakmi yoki ularning bir qismini loyihalarga yoʻnaltirgani va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlagani yaxshiroqmi, QBF yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov shu  haqda fikr bildirdi

Oʻzbekiston iqtisodiyotni zudlik bilan inqirozdan chiqarish uchun oltin-valyuta zaxiralarini sotishni boshlashi kerak. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha Respublika agentligi direktori Otabek Nazirov maʼlum qildi.

"Oltinning narxi eng yuqori nuqtada turibdi, iqtisodiy faoliyat esa, aksincha, eng quyi qismda, oʻylaymanki, iqtisodni yanada pasayish va ishsizlikning koʻpayishidan zudlik bilan qutqarish uchun aynan hozir oltin-valyuta zaxiralarini sotib, mablagʻlardan foydalanish kerak ...", - deb yozdi u oʻzining Facebook-dagi sahifasida.

QBF yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov, Oʻzbekiston oltin zaxiralarini oqilona boshqarishi kerak, chunki oltin-valyuta zaxiralarini toʻplash unchalik oson emas, deb hisoblaydi.

"Iqtisodiy qiyinchiliklar yildan-yilga oʻzgarishsiz boʻlib qolmoqda va oltin-valyuta zaxiralarini shunday hajmda toʻplab olish juda qiyin. Dunyo moliyasida roʻy berayotgan vaziyatdan kelib chiqib, agar respublika hukumati  hozirda iqtisodiyotni haqiqatda qoʻllab-quvvatlash kerakligiga ishonsa,  Oʻzbekistonga ushbu oltin-valyuta zaxiralari hisobiga uzoq muddatli kredit olish afzalroq boʻladi. Bu kabi kreditni olib, mablagʻlarni qandaydir maqsadli tarmoqlarga yoʻnaltirish kerak", - dedi mutaxassis Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda kreditlar boʻyicha foiz stavkalari nolga yaqin, shuning uchun agar qarz olish imkoni boʻlsa, qimmatlayotgan aktivni sotishning keragi yoʻq.

Bogdanov ishonchi komil: dunyoda pul miqdori juda koʻp, kreditlar hatto reytingi past boʻlgan davlatlarga ham berilmoqda.

"Keyingi uch yil ichida yana 20-30 foizga koʻpaytirish mumkin boʻlgan zaxiralarni sotishning nima keragi bor? Mening fikrim quyidagicha. Lekin, umuman olganda, hech kim hech narsani sotmayapti. Roʻy berayotganlarning asli mohiyati quyidagida: markaziy banklar jahon bozorida oltinni sotishni butunlay toʻxtatdilar. Aksincha, ular sotib olishmoqda, aynan shuning uchun uning narxi soʻnggi yillarda faol oʻsib bormoqda", - deya qoʻshimcha qildi tahlilchi.

Uning fikricha, Oʻzbekiston ushbu siyosatdan chetlashmasligi kerak.

Asosiy mavzular