Davlat budjeti xarajatlari yana qisqartiriladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti Rossii
Moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumladan, budjet tashkilotlarida 2021-yilning 1-yanvariga qadar moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shu jumladan direktor jamg‘armasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan to‘lovlar to‘xtatib turiladi

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. Hukumatning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zahira yaratish maqsadida 2020-yildagi O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Budjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi

Unga muvofiq, respublika budjeti qariyb 706 mlrd so‘mga optimallashtiriladi. Jumladan, budjet tashkilotlarida 2021-yilning 1-yanvariga qadar moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, shu jumladan direktor jamg‘armasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan to‘lovlar to‘xtatib turiladi. Bunda 296 mlrd so‘m tejaladi.

Ikkinchidan, budjet tashkilotlarida asosiy vositalar sotib olish uchun 55,4 mlrd, xizmat safarlari uchun 15,9 mlrd va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish to‘xtatiladi.

Uchinchidan, mahalliy budjetlarning 326 mlrd so‘mlik xarajatlari optimallashtiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ko‘zda tutilgan xarajatlar bo‘yicha limitlar ham qayta ko‘rib chiqiladi. Natijada 130 mlrd so‘mcha mablag‘ iqtisod qilinadi.

To‘rtinchidan, maqbullashtirilgan mablag‘lar kelgusida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yo‘naltirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0