23:06 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
64620

Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi UzAuto Motors kompaniyasiga asossiz oshirilgan avtomobillar narxlarini 3-19 million soʻmga tushirishga koʻrsatma berdi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJda oʻtkazilgan tekshiruv natijasida "Raqobat toʻgʻrisidagi" qonunni buzish holati aniqlandi. 

Qoʻmita maxsus komissiyasining tekshiruvi natijasida kompaniya ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini 10,29 % asosssiz ravishda oshirgani maʼlum boʻlgan.

Xususan, 2020 yil mart oyida kompaniya avtomobil narxlarini shakllantirishda, xom-ashyo va materiallar, yoqilgʻi, energetika va mehnat resurslari uchun haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni kiritgan.  

Vaziyatni batafsil oʻrgangan Maxsus komissiya, 19 avgust kuni “UzAuto Motors ” AJga quyidagi majburiy koʻrsatmalarni bajarishni buyurdi

  • “Spark” avtomobillari narxini 3 - 3,5 mln. soʻmga;
  • “Nexia 3” avtomobillari narxini 3,1 -3,7 mln. soʻmga;
  • “Cobalt” avtomobillari narxini 4,4 - 10,5 mln. soʻmga;
  • “Gentra” avtomobillari narxini 13,8 -19,8 mln. soʻmga;
  • "Labo" va “Damas” avtomobillari narxini 13 - 15,7 mln. soʻmga kamaytirish.

Undan tashqari, Maxsus komissiya ushbu yilning mart oyidan buyon avtomobil xarid qilgan mijozlarga xarid qilingan avtomobillar narxida yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarni qaytarishga koʻrsatma berdi. 

 

Asosiy mavzular