13:56 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
80230

Jizzax Organic mahalliy fermerlarga zotdor gʻunajinlarni sotib 8 oydan soʻng ularning buzoqchalarni qayta sotib olish dasturini ishga tushiradi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Ushbu yilning kuzida Jizzax Organic qishloq xoʻjalik klasteriga Rossiya va AQShdan 5 ming bosh zotdor qoramol olib kelinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Oʻzbekistonda marmargoʻsht (mramornoye myaso) yetishtirish angus va gerford zotlariga mansub - gʻunajinlar olib kelishdan boshlanadi. Jizzaxdagi chorvachilik klasteri Respublikada birinchi toʻliq jarayonli ishlab chiqarish majmuasiga aylanadi. 

© Wikipedia / Orlando G. Calvo
Marmargoʻsht yoki Kobe goʻshti

Ushbu loyiha boʻyicha investitsiyalarning toʻliq miqdori 55 million dollarni tashkil qiladi. Ulardan 18 millioni zotdor urgʻochilar sotib olishga xarajat qilinadi. 

2020 yilning oktyabr oyiga qadar Jizzax Organic gʻunajinlar qishga turar joyi uchun ikkita va hoʻkizchalar uchun ikkita oziqlantirish maydonchalari (fidlot) qurib bitkazadi. U yerda jonivorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻladi: artezian quduqlari, avtomatik oziqlantirish tizimlari, shamol  va quyoshdan himoya tizimlari va boshqa koʻplab sharoitlar. 

Fidlot 20 ming bosh qoramolga moʻljallangan boʻlib, uni toʻliq ishga tushirish uchun Jizzax Organic mahalliy fermerlar uchun maxsus dasturlarni ishga tushiradi.

Fermer xoʻjaliklari bizdan zotdor gʻunajinlarni sotib olib 8 oy davomida ularning bolalashini taʼminlashi va buzoqchalarni bizning klasterimizga sotishlari mumkin boʻladi. Biz ularni maxsu texnologiya boʻyicha oziqlantiramiz, deydi Jizzax Organic direktori Xikmatilla Karimov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda bir necha yildan ber goʻt tanqisligi va qimmatligi muammosi muhokama qilib kelinmoqda. Xususan, mutaxassislar respublikada qoramol yetishtirish tizimi zamon talablariga javob bermaydigan, samarasiz darajada deb topishgan. Shu sababli yetishtirilayotgan qoramol zotini yaxshilash, ulardan olinadigan goʻsht miqdorini oshirish - muhim vazifa sifatida belgilangan.  

Ayni damda Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan mol goʻshtining 94 %, kichik qoramol goʻshtining 84% va parranda goʻshtining 58% - uy xoʻjaliklarida yetishtiriladi. ular orasida zotdor mollar miqdori - 34 % xolos. 

Asosiy mavzular