20:49 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
56702

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatmasini bajarishning imkoni yoʻq deb hisoblaydi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining narxlarni tushirish haqidagi koʻrsatmasini rad etdi. 

Kompaniya taʼkidlashiga koʻra, avtomobillar narxi asosli ravishda oshirilgan va ularni tushirishning imkoni yoʻq. 

"Avtomobillar narx asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsiz", - deya qoʻshimcha qildi UzAuto Motors.

Kompaniya bayonotida shuningdek, avtomobillarni ishlab chiqarish jarayoni murakkab ekanligi, 

va bahsli masalalarni asoslash uchun qoʻshimcha materiallarni tayyorlash uchun ularga qisqa vaqt berilganligini taʼkidlashgan. Va aynan ushbu vaziyat tufayli kompaniya UzAuto Motors AJ ishini koʻrib chiqishni keyinroqqa qoldirishi taʼkidlagan. 

Eslatib oʻtamiz, kompaniya “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunni buzganlikda gumonlanmoqda. Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasining maxsus komissiyasi xulosasiga koʻra, UzAuto Motors AJ 2020 yilning mart oyida  avtomobillar narxini asossiz ravishda 10,29% ga oshirgani haqida xabar bergan va kompaniyaga narxlarni tushirishga koʻrsatma bergan edi.

Asosiy mavzular