01:12 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (53)
96820

Diplomat taʼkidlashicha, kuzatuvchi maqomi Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlgan davlatlar bilan kelgusida yaqinlashish uchun eng maqbul variantni aniqlashga imkon beradi.

TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) kuzatuvchi maqomi Oʻzbekistonga tashkilotdagi integratsiya jarayonlarini ichidan kuzatishga imkon beradi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Dunyo” nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Biz oʻzbekistonlik sheriklarning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga ushbu bosqichda kuzatuvchi-davlat sifatida qoʻshilish istagini olqishlaymiz. Ishonchim komilki, bu maqomga ega boʻlish Oʻzbekistonga Yevrosiyo integratsiyasi jarayonini ichidan kuzatishga imkon beradi”, - dedi Tyurdenev.

Diplomatning taʼkidlashicha, kuzatuvchi maqomi Oʻzbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlgan davlatlar bilan kelgusida yaqinlashish uchun eng maqbul variantni aniqlashga imkon beradi.

YEOII – 2015 yil 1 yanvardan boshlash faoliyat koʻrsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston - ittifoq aʼzolari.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyi boshida Oliy majlis senatorlari Oʻzbekistonning YEOIIda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etish taklifini maʼqullashgandi. Bu masala boʻyicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

 

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (53)

Asosiy mavzular