14:07 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
213 0 0

Qozogʻison savdo va integratsiya vaziri ikki respublika rahbarlari – oʻzaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni buyurganini eslatib oʻtdi.

Qozogʻison savdo va integratsiya vaziri Baxыt Sultanov Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Qozogʻistonning hal qiluvchi hamkori ekanini aytib oʻtdi. 

“Biz Toshkentni Markaziy Osiyodagi muhim hamkorimiz hamda eng yirik savdo bozori deb hisoblaymiz. Ikki respublika rahbarlari bizning oldimizga yaqin yillar ichida oʻzaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qoʻyishgan”, - dedi Sultanov.

Savdo vaziri aytishiga koʻra, ayni damda yaratilayotgan “Markaziy Osiyo” - Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu oʻrinda juda muhim ahamiyatga ega. Qozogʻiston va Oʻzbekiston ayni damda uni yaratish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqarishga kirishishgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq mutaxassisla ushbu markaz ikkala tomon uchun ham foydali boʻlishi mumkinligini xabar qilishgan edi.

“Markaziy Osiyo” – oʻziga xos “quruqlik porti” boʻlib, u tovarlarni Yevropadan Osiyoga va Osiyodan Yevropaga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Oʻzbekiston uchun Markaz oʻz mahsulotlarini Rossiya va Yevropa bozorlariga yetkazib berishga xizmat qilishi mumkin.

Undan tashqari, Markaz - sanoat klasterlari yaratishda qulay boʻlishi va loyihaga kuchli iqtisodiy impuls berishi mumkin.

Qozogʻiston savdo vazirining soʻzlarini audiopadkastimizda tinglashingiz mumkin.

Ministr torgovli Kazaxstana: nash klyuchevoy partner v regione — eto Uzbekistan

Asosiy mavzular