22:55 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
153 0 0

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanida faoliyat yuritayotgan yuqori texnologiyalari sanoat korxonalarini koʻzdan kechirib, ularning samaradorligini oshirish uchun kerakli maslahatlarni berdi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 avgust kuni Bektemir tumanidan joylashgan zamonaviy sanoat korxonalariga tashrif buyurdi. 

Sarmoyalar qiymati 34 milliard soʻm boʻlgan “Metal Processing” masʼuliyati cheklangan jamiyatda toʻqimachilik sanoati uchun stanok detallari va ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Ayni damda 12ta yirik korxona bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Soha ildam rivojlanib borayotgani tufayli har besh yilda uskunalarni yangilashga ehtiyoj bor.

Shavkat Mirziyoyev posetil zavod obщestva s ogranichennoy otvetstvennostyu Bektemir metall konstruktsiyalari
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil zavod obщestva s ogranichennoy otvetstvennostyu "Bektemir metall konstruktsiyalari"

Korxonada 85 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Shveytsariyaning “SkillSonics International AG” kompaniyasi bilan hamkorlik asosida metallga ishlov berishda jahon standartlaridan foydalanib kelinmoqda.

- Bunday korxonalarning «yuragi» - muhandis, konstruktorlar. Afsuski, bizda koʻp zavodlarning shunday «yuragi» yoʻq. Aqlli mutaxassislarni topib, qoʻllab-quvvatlasak, mahalliylashtirishga katta hissa qoʻshadi, - deya taʼkidladi Prezident.

Sarmoyalar miqdori 50 million dollardan ortiq boʻlgan "Binokor" MCHJda temir-beton panellar va boshqa zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

Korxonaga Germaniyaning “Vollert”, “Würschum”, Italiyaning “Maema”, “Schnell”, “AWM”, Rossiyaning “Tochnaya Stroitelnaya Mexanika”, “Gruzopodʼyem”, Polshaning “Airpol” va Ispaniyaning “Azcona Y Pantoja SL” kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiya va dastgohlar keltirib oʻrnatilgan.

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya v Bektemirskom rayone

Korxonada 1 ming 200 dan ziyod muhandis va mutaxassislar ishlab, yiliga 150 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Korxona toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga yana 180 ming kvadrat metr qurilish paneli tayyorlanib, qoʻshimcha 670 ta ish oʻrni yaratiladi.

Prezident korxona faoliyati bilan tanishar ekan, masʼuliyati cheklangan jamiyatning moddiy-texnik bazasidan foydalanib, bu yerda oʻquv-amaliyot kombinati tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berdi.

- Mamlakatimizda katta-katta qurilishlar boʻlyapti, yana rejalar koʻp. Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari boʻyicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi, - dedi davlat rahbari.

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya v Bektemirskom rayone

Shu kun prezident yana bir necha korxonalarga tashrif buyurdi. Ular orasida pishloq va boshqa sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Prof- Milk” qoʻshma korxonasi ham bor. 

Qiymati 3 million dollar boʻlgan “Prof-Milk” qoʻshma korxonasi shu oyda ishga tushirilgan. U Shveytsariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va «Toshelektroapparat» xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan taʼminlangan.

Korxonada 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Joriy yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni toʻldirishi rejalashtirilgan.

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya v Bektemirskom rayone

Undan tashqari prezident Bektemir tumanidagi “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi. Ushbu tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi “Oʻzavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Loyiha qiymati 2 million dollar boʻlgan bu maskanda 50 kishi ish bilan taʼminlangan. Markaz gʻoyadan rastagacha tamoyili asosida avtomobilsozlik sohasida tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, importni kamaytirish va mahalliylashtirish darajasini oʻstirishga moʻljallangan.

Prezident markazning kooperatsiya aloqalariga oid taqdimotlar bilan tanishdi. Malakali konstruktor va olimlarni jalb qilib, yangi texnikalarni oʻzlashtirish va buyurtma asosida yetkazib berish muhimligi taʼkidlandi.

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya v Bektemirskom rayone

 

Asosiy mavzular