04:57 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
249 0 0

Hukumat komissiyasi tomonidan Surxondaryo viloyatning kam rivojlangan hududlarida investitsiya va sanoat faolligining oʻsishini ragʻbatlantirish hamda aholi bandligini taʼminlash uchun sharoit yaratish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik. Vazirliklar, idoralar, mahalliy sanoat birlashmalari, tijorat banklari va hokimiyatlar rahbarlaridan iborat eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Sardor Umurzakov rahbarligidagi Hukumat komissiyasi 22 avgust kuni Surxondaryo viloyatining sanoat va eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari oʻrgandi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi. 

Komissiya tomonidan amaldagi hududiy investitsiya dasturini yuqori qoʻshimcha qiymatga ega eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish obektlarini yaratishga qaratilgan va koʻp ish oʻrinlari yaratadigan loyihalar sonini koʻpaytirish maqsadida optimallashtirildi, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, viloyatning kam rivojlangan hududlarida investitsiya va sanoat faolligining oʻsishini ragʻbatlantirish hamda aholi bandligini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

Komissiya tomonidan viloyatda 290 ta faoliyatini toʻxtatgan yoki vaqtincha toʻxtatib qoʻygan, ishlab chiqarish hajmi kamaygan yoki toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar roʻyxati shakllantirildi.

Ushbu korxonalarni zararsiz ishlash nuqtasiga tezlik bilan chiqarish va barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida ularga viloyat tuman va shahar hokimlari, sanoat birlashmalari va bank rahbarlari biriktirildi.

Komissiya tomonidan shunigshdek, “Termiz” va “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonalarida investitsiya va sanoat faoliyatining bugungi holati ham tanqidiy koʻrib chiqildi. Mazkur zonalarning mavjud salohiyatidan foydalanish darajasining pastligi qayd etilib, yangi investitsiya takliflarini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Eslatib oʻtamiz, 18 avgust kuni prezidentining 6042-sonli “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra, yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ustuvor sohalar - farmatsevtika, toʻqimachilik, charm-poyabzal va mebel sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalari belgilangan. 

Asosiy mavzular