22:32 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
26802

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afgʻonistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi oʻrtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Afgʻonistonning "Da Afghanistan Breshna Sherkat" kompaniyasi (DABS) oʻrtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik  Oʻzbekiston muxbiri.

Hujjat Afgʻoniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xanif Atmar tashrifi doirasida imzolangan.

Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, Afgʻonistonda energetika, temir yoʻllar qurilishi, savdo va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

"Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishini jadallashtirish, Xalqaro avtotransport boʻyicha bitim loyihasini imzolashga tayyorlash doirasida ekspert muzokaralarini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqilgan.

Maʼlumot uchun, "Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi dastlabki qiymati 150 million dollar boʻladi va undan 32 millioni Oʻzbekiston ichida amalga oshiriladigan ishlar uchun qolgan 118 millioni Afgʻonistonda bajariladigan ishlarga sarflanadi. Elektr uzatish liniyasi uzunligi 260 kilometrni tashkil qiladi, undan 45 kilometri Oʻzbekiston hududi boʻylab, 215  kilometri – Afgʻoniston hududi boʻylab oʻtadi.

Loyiha oʻzini qoplash muddati – 12 yil, oʻtkazish quvvati – 1000 MVt. Yaʼni undan qoʻshni mamlakatga kuniga 24 mln Vt/soat, yiliga esa 6 milrd kVt/soat energiya yetkazib berish mumkin.  

Bugungi kunda Afgʻonistonda elektr energiyasiga juda katta ehtiyoj mavjud, Oʻzbekiston boʻlsa – uning asosiy yetkazib beruvchisidir. Kelajakda yetkazib berilayotgan energiya hajmi oshishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Afgʻonistonga 2002 yildan buyon elektr energiyasi yetkazib beradi. 2002 yilda 62 mln kVt/soat boʻlsa 2018 yilda yetkazib berilgan energiya hajmi – 2 mlrd. kVt/soatga yetdi.

Asosiy mavzular