21:48 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
394 0 0

Vazirlar mahkamasi qarori bilan yosh oilalarga 2020 yil va keyingi yillarda uy-joy ajratish shartlari belgilandi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari oʻzgaradi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablagʻlarning respublika byudjetiga qaytarilgan qismi hisobidan:

- 2019 yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun 30,0 mlrd soʻm;

- 2020 yilda quriladilan uy-joylar uchun 356 nafar yosh oilalarga uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha boʻlgan qismini moliyalashtirish uchun 11,6 mlrd soʻm mablagʻlarni QQSni qoʻshgan holda ajratadi.

Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash uchun boʻyicha nazorat guruhi tashkil etiladi. Ular ssuda va foizlarni toʻlashni nazorat qiladi.

Ssuda va foizlarni belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir kun ichida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan muddat belgilangan holda notarius orqali yozma bildirishnoma yuboriladi.

Talab bajarilmasa hududiy kengashlar ijro xatini yozib berishni soʻrab notariusga murojaat qiladi.

Notarius ijro xati yozib beradi va Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmasiga taqdim etiladi. Ular oʻtgan qarzdorlikni undirish choralarini koʻradi.

Qarorga koʻra, yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari 2020 yil va keyingi yillar uchun quyidagicha belgilandi:

yosh oilalarga uy-joylar shaharlarda va qishloq joylarida 1 yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3 yil edi) hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi (ilgari qishloq joylaridagi uy-joylar uchun bu muddat 15 yil edi).

Bunda kvartiraning dastlabki badali:

- shaharlarda - Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;

- qishloq joylarda - sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Qarorning toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular