22:41 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
151 0 0

Oʻzbekistondagi Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu magistrali uchastkasi ikki polosali tsement-beton yoʻlga aylantiriladi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonning gʻarbiy qismidagi avtomagistrallarni rekonstruktsiya qilish uchun 274,2 mln dollar ajratdi.

“Bugun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 240 km avtomagistral yoʻllarni rekonstruktsiya qilish uchun 274,2 mln dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratilishini maʼqulladi”, - deyiladi bank xabarida.

Taʼkidlanishicha, mabagʻlar Qoraqalpogʻistondagi A-380 avtomagistralining 240 kilometrlik uchastkasini taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.

Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu magistrali uchastkasi ikki polosali tsement-beton yoʻlga aylantiriladi.

Bundan tashqari, bank Transport vazirligiga Toshkent-Namangan yoʻlining 100 kilometrida intellektual transport tizimini oʻrnatishga yordam beradi. Tizim tablo va veb-saytlarga axborotni va ogohlantirishlarni uzatgan holda real vaqt rejimida harakatni va yoʻl sharoitlarini kuzatadi.

“OTB avtoyoʻllar tarmogʻi hayotiy ahamiyatga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi avtomobil va temir yoʻl transporti infratuzilmasiga 1,3 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritgan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq nemis kompaniyasi Oʻzbekistonda yoʻl qurish bilan shugʻullanishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular