Valyuta almashtirish soddalashtirildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon valyuta almashtirganda jismoniy shaxslardan pasport nusxasni va boshqa hujjatlar talab qilish normalari qonunchilikdan chiqarib tashlandi.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Bundan buyon O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari amalga oshirishda jismoniy shaxslar va xo‘jalik subyektlaridan ortiqcha hujjatlar talab qilinmaydi. 

Bu haqida O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan  tasdiqlangan yangi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarida aytib o‘tilgan. 2020 yil 1-sentabrdan kuchga kirgan yangi qoidalar oldin amalda bo‘lgan 5 ta normativ-huquqiy hujjatlarni umumlashtiradi vasoddalashtiradi.

Yangiliklar, xususan, quyidagilardan iborrat:

  • jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;
  • banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi; 
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
    valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat’iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;
  • sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valyuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
  • Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;
  • ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi. 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno.

Yangiliklar lentasi
0