Angliya sudi o‘zbek paxtasiga qarshi da’voni rad etdi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishRazgar xlopkovoy stradi
Razgar xlopkovoy stradi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Angliya sudi Germaniyada joylashgan nodavlat tashkilotning O‘zbekiston paxtasiga qarshi da’vosini rad etib, tashkilotdan 10 ming funt undirish haqida qaror chiqardi.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Angliyaning yuqori sudi o‘zbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi da’voni rad etdi, deb xabar qilmoqda "O‘zpaxtasanoat". 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Britaniya sudi sudasi Jeyms Xolmen, Germaniyada joylashgan nohukumat tashkilot tomonidan kiritilgan da’voni - yetarlicha asoslar mavjud emasligi, da’voning akademik va eskirgan xarakterga egaligi bois - rad etgan.  

Ustiga ustak, da’vogarga 10 000 funt sterling miqdorida sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklangan. Da’vogar mazkur qaror ustidan shikoyat qilmagan.

Leonid Xolod - Sputnik O‘zbekiston
"Tirnoq ostidan kir qidirish" yoki o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan cheklov haqida

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati nafaqat paxta sanoatida, balkim barcha sohalarda majburiy mehnatni batamom tugatishga qaratilgan qat’iy choralar ko‘rmoqda. Xususan, ushbu amaliyot qonun bilan ta’qiqlanib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jinoiy javobgarlik belgilangan. O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar ushbu qonun buzilishi holatlarini qayd etmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada joylashgan nodavlat tashkilot - YeSSHR (Yevropa konstitutsion huquqlar va inson huquqlari tashkiloti) hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston-Gemaniya forumi 2010 yildan boshlab, O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar mehnatidan foydalanilayotganini vaj qilgan holda, turli xalqaro tashkilotlar va sudlarga O‘zbekiston paxtasi bilan savdo qilishga qarshi da’volar kiritgan edi.

Yangiliklar lentasi
0