20:54 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
118 0 0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston savdo, investitsiya, transport hamda sanoat kooperatsiyasi sohasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston investitsiya, savdo va transport sohalarida oʻzaro savdo hajmini 1milliardga yetkazishadi. Bu haqida 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari S.Umurzakov hamda Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.Asrandiyev oʻrtasida videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtgan muzokaralarda kelishib olindi.  

Muzokaralarda qayd etilishiga koʻra, soʻnggi 3 yilda ikki respublika orasidagi savdo aylanmasi qariyb besh baravar oʻsib, oʻtgan yilda 818,4 mln dollarni tashkil etgan.Tomonlar pandemiyaning salbiy taʼsirini birgalikda bartaraf etib, oʻzaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olishdi. 

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ikki mamlakat oʻrtasida investitsiya, savdo va transport-logistika sohalarida sheriklikdan tashqari sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishga qaror qilishdi.

Transport sohasida oʻzaro hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha ikki mamlakat oʻrtasidagi temir yoʻl orqali yuk tashish hajmi 10,7 foizga oʻsib, 1,47 mln tonnani, avtomobil yuk tashish hajmi esa 38,2 foizga oʻsib, 1,49 mln tonnani tashkil etganligi qayd etildi.

Tomonlar yuk tashishga sarflanadigan vaqtning sezilarli darajada kamayishiga va tashuvchilarning transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon yaratgan “Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy” yoʻlagi boʻylab multimodal yuk tashishlari ishga tushirilganligini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

 

Asosiy mavzular