22:26 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
217 0 0

Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish - Oʻzbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik hamda turistik sohalarining rivojlanishiga olib keladi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 10 yillik dastur loyihasini takomillashtiriladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib  oʻtgan oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish islohotlariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.

Yigʻilishda aytilishiga koʻra, oʻrmon xoʻjaligi Oʻzbekiston iqtisodiyotida va ekologiyani yaxshilashda juda muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ushbu sohaga soʻnggi yillarda alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Xususan, oʻrmon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi, jumladan, Orol dengizining 1,2 million gektar qurigan tubida ixota daraxtzorlari barpo etildi. Oborotdan chiqib ketgan 10 ming gektar oʻrmon xoʻjaligi yerlari oʻzlashtirildi, 5 yarim ming gektarda yongʻoq, 4 ming gektarda oziq-ovqat ekinlari va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari tashkil etilib, 3 mingta yangi ish oʻrni yaratildi. Oʻrmon xoʻjaliklarida birinchi marotaba 64 ta biolaboratoriya tashkil etilgan,- deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda, ayni damda samarali foydalanilmayyotgan yerlar ham koʻpligi qayd etildi. Xususan Qorakoʻl, Gʻijduvon, Shahrisabz, Kitob, Pop, Chortoq, Nurobod, Qoʻshrabot, Nurota, Baxmal, Forish, Uzun, Boysun, Ohangaron, Bekobod tumanlarida oʻrmon xoʻjaligidagi ishlar tanqid qilindi.

Undan tashqari, pillachilik ozuqa bazasini koʻpaytirish maqsadida fermer xoʻjaliklarida 2 ming gektar, kelgusi yilda 2,5 ming gektarga tut koʻchatlari ekish rejalashtirildi.

Shuningdek, kelgusi yili dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini 5 ming gektarga yetkazish va hosilni 8 ming tonnagacha oshirish zarurligi aytildi. Oʻtgan yili ushbu plantatsiyalar 2 ming gektarga yetkazilgan edi. 

Undan tashqri yigʻilishda oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalar va xalqaro jamgʻarmalar mablagʻlarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan majlisning batafsil bayonoti bilan quyida tanishing. 

Asosiy mavzular