16:43 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
1056 0 0

Sal oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mamlakatga kuzatuvchi-maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini koʻrib chiqdi, deb xabar qilmoqda YEIK matbuot-xizmati.

YEIK kengashi yigʻilishi 4 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Kengash aʼzolari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Oʻzbekistonga YEOII qoshida kuzatuvchi-davlat maqomini berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini koʻrib chiqdilar. Yakuniy qaror ittifoq davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.

Sal oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mamlakatga kuzatuvchi-maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, may oyida Oliy Majlis senati Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomida ishtirok etish qarorini tasdiqlagan edi.

Oʻzbekiston soʻnggi yillarda YEOII davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. 2016-2019-yy respublikaning ittifoq davlatlari bilan oʻzaro tovar aylanmasi 60 foizga — yaʼni 8,4 milliard dollarga oshdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonning YEOII davlatlari bilan tashqi savdo ulushi 30 foizni tashkil etadi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmi esa 75 foizdan oshgan.

YEOII toʻgʻrisidagi Shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari, qaror qabul qilish huquqisiz Ittifoq organlari yigʻilishlarida taklifnoma asosida qatnashishlari va maxfiy xarakterga ega boʻlmagan qabul qilingan hujjatlarni olish huquqiga egadirlar.

Asosiy mavzular