Kadastr qo‘mitasi ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi - prezident farmoni

Obuna bo‘lish
Yangi farmonga muvofiq O‘zbekiston Kadastr qo‘mitasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga aylandi va ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi.

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga aylantirildi. Qo‘mitaning ayrim funksiyalari boshqa vazirliklar ixtiyoriga o‘tkazildi. Bu haqida prezidentning yangi farmonida aytib o‘tilgan. 

1. Qishloq xo‘jaligi yerlari va ularni monitoring qilish - Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazilsin.

2. Kadastri qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi - Kadastr agentligi tashkil etilsin.

3. Kadastr agentligining asosiy vazifalari:

a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:

b) geodeziya va kartografiyaga oid ishlar; 

v) davlat kadastrlarini yuritish 

g) ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

d) soha uchun kadrlar tayyorlash.

Onlayn geoportal

Prezident farmonida 2021 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda yer mulki haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan Onlayn geoportal ishga tushirilishi kerakligi ham aytib o‘tilgan. Xususan: 

  • Geoportalga yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar kiritiladi. 
  • onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi;
  • yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritiladi;
  • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantiriladi;
  • tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etib boriladi.

O‘zbekiston prezidentining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan batafsil quyida tanishing.  

 

Yangiliklar lentasi
0