20:26 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
420 0 0

Bugungi kunda Qozogʻistonda hosilning 60 foizi yigʻishtirib olingan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻallani chet elga sotishni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmayapti.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Qozogʻiston 2020-2021 yillardagi marketing yilida gʻalla va unni anʼanaviy bozorlarga – Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Eronga eksport qilishda davom etadi. Bu haqda respublika qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Aydarbek Saparov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda hosilning 60 foizi yigʻishtirib olingan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻallani chet elga sotishni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmayapti.

“Biz dunyoning 40 tacha mamlakatlariga eksport qilamiz. Bu marketing yilida, 2020 yil iyulidan 2021 yil iyuliga qadar sakkiz million tonna gʻallani eksport qilishni prognoz qilmoqdamiz”, - dedi Saparov. Uning soʻzlaridan Sputnik Qozogʻiston iqtibos keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2021 yildan gʻallaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyotidan toʻliq voz kechilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular