O‘zbekistonda Nike va Adidas krossovkalari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFutbol
Futbol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo respublikalaridan teri mahsulotlari olib kelinib O‘zbekistonda chuqur qayta ishlanib yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi - O‘zcharmsanoat. 

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Yaqinda O‘zbekistonda butun dunyoga mashhur bo‘lgan Nike va Adidas brendlari mahsulotlari ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qildi "O‘zcharmsanoat" assotsiatsiyasi raisi Faxriddin Boboyev, Review.uz nashri xabariga asosan. 

"Nike va Adidas kabi yetakchi kompaniyalar bilan bizning bozorga chiqish haqida kelishuvimiz bor. Sport poyabzallarini  ishlab chiqarish Andijon viloyatida yo‘lga qo‘yiladi. SinoInternational MChJ qo‘shma korxonasi zavodida autsorsing asosida taniqli brend nomi ostida har yili 3 million juft oyoq kiyimi ishlab chiqarish rejalashtirilgan", - dedi Boboyev.

Undan tashqari O‘zbekistonni butun Markaziy Osiyo ishlab chiqarish xabiga aylantirish rejamiz ham bor: qo‘shni respublikalarda teri mahsulotlari xom ashyosi olib kelinadi. Bu yerda ular chuqur qayta ishlanib yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. 

Ma’lumot uchun, 2020-yil yakunida teri mahsulotlari ishlab chiqarish 2019yilga ko‘ra 1,3 barobar oshgan, oyoq kiyimlar ishlab chiqarish hajmi ham 1,3 baravar, kojgalantereya mahsulotlari hajmi 1,2 baravar oshgan. 

Yangiliklar lentasi
0