12:41 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
214 0 0

Ayrim tumanlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 200 soʻmdan ustama haq toʻlanadi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. “2020 yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Quyidagi tumanlarda qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 200 soʻmdan ustama haq toʻlanadi:

  • Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlari;
  • Qoraqalpogʻistonning Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari;
  • Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlari;
  • Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlari.

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yigʻim-terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qoʻyish yuzasidan shaxsan masʼul ekanliklari belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2020 yilda qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1000 soʻm, ikkinchi terimda 1 400 soʻm haq toʻlanishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular