16:16 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
408 0 0

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari rahbarlari Oʻzbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini yil oxirida koʻrib chiqadi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. YEOII davlatlari rahbarlari Oʻzbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasini yil oxiridagi Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi yigʻilishida koʻrib chiqadi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEIK) hayʼati raisining yordamchisi Iya Malkina onlayn brifing davomida maʼlum qildi.

“Anʼanaviy ravishda Oliy davlat kengashi yil oxirida yigʻilish oʻtkazadi, biz rejalashtiryapmizki, bu yil mazkur anʼana buzilmaydi. Jumladan oʻylaymizki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida Oʻzbekistonga kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasi ham davlat rahbarlari tomonidan koʻrib chiqiladi”, - dedi Malkina.

Sentyabr boshida YEIK Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini taqdim etish masalasini koʻrib chiqdi.

Sal oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga mamlakatga kuzatuvchi-maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, may oyida Oliy Majlis senati Oʻzbekistonning YEOIIda kuzatuvchi-davlat maqomida ishtirok etish qarorini maʼqullagan edi.

YEOII toʻgʻrisidagi Shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi davlat vakillari, qaror qabul qilish huquqisiz Ittifoq organlari yigʻilishlarida taklifnoma asosida qatnashishlari va maxfiy xarakterga ega boʻlmagan qabul qilingan hujjatlarni olish huquqiga egadirlar.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)

Asosiy mavzular