01:37 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
24220

Pandemiya sharoitida iqtisodni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Markaziy Bank asosiy stavkani 1%ga kamaytirdi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki Asosiy stavkani 1%ga pasaytirib, yillik 14 % darajasida belgiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Bank xabariga koʻra, ushbu chora pandemiya sharoitida iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash: ichki talabni va kreditlar miqdorini oshirish hamda inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan. 

Yil yakuni boʻyicha inflyatsiya prognozi 11-12,5 % darajasida oʻzgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyatsiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda.

Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli koʻrsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrib boradi.

Markaziy bank xabari bilan batafsil quyida tanishing.

Asosiy mavzular