21:24 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
1360 0 0

Soʻmning AQSH dollariga nisbatan aprel oyidagi keskin tebranish - qariyb 6% atrofidagi qadrsizlanishidan keyin, may-avgust oylarida almashuv kursi nisbatan barqaror tarzda tebranayotganligi kuzatilmoqda, deb qayd etdi MB raisi.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Kuz-qish mavsumida oʻzbek soʻmining valyutaga nisbatan qadrsizlanmasligi imkoniyatlari haqida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi, deb xabar qiladi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

MB raisining aytishicha, jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning yomonlashuvi, valyuta tushumlari kamayishi va tashqi savdo aloqalardagi hajmning pasayishi aksariyat davlatlar milliy valyutalari qadrsizlanishi fonida shakllanib bordi.

"Mana bugungi kunda AQSH dollari ham 8,2% miqdorida qadrsizlanyapti. Bizning soʻmimizni almashinuv kursi ham xuddi shu devalvatsion fon sharoitida oʻzini tebranishini amalga oshirib bordi. Aprel oyidagi keskin tebranish - qariyb 6% atrofidagi qadrsizlanishdan keyin, may-avgust oylarida soʻm kursi nisbatan barqaror tebranayotganini kuzatayapmiz", - deya tushuntirdi Nurmuratov. 

Taʼkidlanishicha, umuman, oxirgi 7 oy davomida umumiy devalvatsiya darajasi 8% atrofida shakllandi.

MB valyuta kursi boʻyicha prognoz berishdan yiroq, lekin tahlillar va kuzatuvlar soʻm kursi "jiddiy tebranishlarsiz shakllanishidan dalolat bermoqda", deydi Nurmuratov.

"Kelgusida biz valyuta kursini oʻzini fundamental trendiga yaqin darajada shakllanishini va real effektiv almashuv kursida jiddiy tebranishlar roʻy bermasligini kutmoqdamiz", - deya aniqlik kiritdi u.

Asosiy mavzular