23:27 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
181 0 0

Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish, hamda qurilish boshlanganidan soʻng 12 oydan kechiktirmay tayyor obʼyektni ishga tushirish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Turkiya Cengiz Enerji energetika kompaniyasi 2022 yilga kelib Toshkent viloyatida IES quradi, deb xabar bermoqda Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan oʻtkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan issiqlik elektr stantsiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu kelishuv Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining joriy yilning iyul oyida Turkiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan, deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

IES qurilishi uchun 150 mln dollargacha boʻlgan miqdorda Turkiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari jalb qilinadi.

Qurilish paytida 500 yangi ish oʻrinlari va IESdan foydalanish vaqtida 100 ish oʻrinlari yaratiladi, yiliga 2 milliard kVt.s miqdorida arzon elektr energiyasini ishlab chiqariladi.

Bu, oʻz navbatida, respublika energiya balansini diversifikatsiya qilish va elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanadigan tabiiy gaz isteʼmolini sezilarli darajada kamaytirish uchun imkoniyatlar yaratishi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Cengiz Enerji va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida Investitsion bitim, shuningdek, "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan turk kompaniyasidan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish boʻyicha Bitim imzolangan.

Qurilish ishlarini shu yil oxirigacha boshlab yuborish, hamda qurilish boshlanganidan soʻng 12 oydan kechiktirmay tayyor obʼyektni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular