14:59 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
160 0 0

Rosatom rahbari Aleksey Lixachev AES qurilishi borasida muzokaralar oʻtkazish uchun yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonga kelishini xabar qildi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. "Rosatom" rahbari Oʻzbekistonga kelishini xabar qildi. Bu haqida Aleksey Lixachev "Exo Moskvы" radiostantsiyasi efirida 14 sentyabr kuni xabar qildi. 

"Biz hozir Oʻzbekistonda ikkita blokli AES qurilishini juda faol muhokama qilmoqdamiz. Men intervyudan soʻng u yoqqa uchib ketaman", - dedi Lixachev. 

Biroz oldin Oʻzbekiston energetika vaziri Sherzod Xodjayev ayni damda Rossiya bilan atom elektr stantsiyasi qurish haqidagi shartnoma hozircha imzolanmaganini, lekin muzokaralar "finish chizigʻiga" chiqqanini xabar qilgan edi. 

Rossiya va Oʻzbekiston 2018 yilda Atom elektr stantsiyasi qurish haqida dastlabki shartnomani imzolashgan edi. Unga koʻra Rossiya Oʻzbekistonda umumiy quvvati 1,2 GVt boʻlgan "3+" avlod atom elektr stantsiyasi qurishi rejalashtirilgan. Kelajakda ushbu AES quvvati 4,8 GVtgacha kuchaytirilishi mumkin. 

Ayni damda Jizzax viloyatidagi Tuzkon koʻli yaqinida AES uchun joy tanlangan. U yerda muhandislik-tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 2019 yil fevralida imzolangan 10 yillik kontseptsiyaga koʻra, Oʻzbekistonda AES qurilishi 2022 yilda boshlanishi kerak. 

Asosiy mavzular