07:25 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
159 0 0

Oʻzbekiston va Rossiya vakillari soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, kadastr tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun, 15 sentyabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot vazirligida Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish borasida hamkorlik masalasini muhokama qilishdi. Xususan, ikki davlat vakillari oldingi kelishuvlar boʻyicha harakatlar rejasining bajarilishini koʻrib chiqdilar.

Shuningdek, kadastr faoliyatini takomillashtirish borasida ham hamkorlik maslalari muhokama qilindi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya Moliya vazirliklari orasida soliq maʼmuriyati tizimini rivojlantirish, elektron hisob varaqalari va QQS maʼmuriyati, koʻchmas mulkka soliq solish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Big Data analitika tizimini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlan borasida  Rossiya tomonidan Oʻzbekistonga begʻaraz texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan.

Shuningdek, Rossiya texnik koʻmagi bilan "Davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va koʻchmas mulk obʼyektlarining kadastr qiymatini aniqlash, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq maqsadlari uchun" loyihasi doirasida ham bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Asosiy mavzular