VEB O‘zbekistonda “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtiradi

© Press-slujba prezidenta Tatarstana / Marat XusainovSeremoniya otkritiya novoy linii po sborke avtomobiley "KAMAZ" v g. Samarkand
Seremoniya otkritiya novoy linii po sborke avtomobiley KAMAZ v g. Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“UzAutoTraile” MChJning ishlab chiqarish joylarida yig‘ilgan “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtirish uchun 12,5 million yevro kredit berish liniyasi ochiladi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. VEB.RF davlat korporatsiyasi va “Kamaz Asia Leasing” o‘zbek-rus qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda “Kamaz” rusumli avtomobil va maxsus texnikalarni xarish qilishni moliyalashtirishga doir kredit shartnomasini imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bitim davlat korporatsiyasining O‘zbekistonga biznes-missiyasi doirasida imzolangan.

Goskorporatsiya VEB.RF i uzbeksko-rossiyskoe SP Kamaz Asia Leasing v ramkax biznes-missii goskorporatsii v Uzbekistan podpisali kreditniy dogovor po finansirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank Rossiya banklararo axborot almashuv tizimiga qo‘shildi

“Rossiyalik sanoat va xom-ashyo bo‘lmagan mahsulotlar eksportchilari uchun O‘zbekiston respublikasi bugungi kunda Markaziy Osiyoda asosiy hamkor sanaladi”, - dedi imzolash marosimida VEB raisi o‘rinbosari Daniil Algulyan.

Korporatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bitim doirasida “UzAutoTraile” MChJning ishlab chiqarish joylarida yig‘ilgan 250 donacha “Kamaz” avtomobili va maxsus texnikasini xarid qilishni moliyalashtirish uchun 12,5 million yevro kredit berish liniyasi ochilishi nazarda tutiladi. Texnika o‘zbek kompaniyalariga lizingga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil dekabr oyida “UzAutoTrailer” MChJ zavodida “Kamaz” avtotransport vositalarini “UzAutoTrailer”da ishlab chiqarilgan ustqurmalar va yarim tirkamalari o‘rnatilgan yirik uzelli ishlab chiqarish boshlangandi. “UzAuto Trailer” kompaniyasi “Kamaz” bilan hamkorlikda yangi “Kamaz” avtomobillarining shassisini yig‘ish liniyasini rasman ishga tushirdi.

Yangiliklar lentasi
0