Toshkentda gidroenergetika bo‘yicha yirik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishPlotina GES na reke
Plotina GES na reke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilning fevralida bo‘lib o‘tadigan anjumanda asosan O‘rta Osiyo, Kaspiy bo‘yi davlatlari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek 150 dan ortiq davlatlar vakillari ham kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yil gidroenergetika sohasiga bog‘ishlangan yirik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Bu haqida “O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

“Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro anjumani va ko‘rgazmasi 2021-yilning 17-18 fevral kunlari Toshkent shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tadbir O‘zbekistonda gidroenergetika yo‘nalishida ilk marotaba tashkil etiladigan yirik xalqaro anjuman bo‘ladi. Unda 150 dan ortiq davlatlar vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.

Anjumanning asosiy ishtirokchilari esa – Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari bo‘lishi kutilmoqda.

Anjuman doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan:

  • yangi yirik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurish tajribalari;
  • mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasidagi amaliy ishlar;
  • kichik va mikro GESlarni qurish;
  • ishlayotgan gidroelektr stansiyalarni raqamlashtirish;
  • GES uskunalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish aktivlarini samarali boshqarish tizimlari;
  • GESlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va optimallashtirish;
  • Obyektlarni diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;
  • ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar.

Tadbir oldidan O‘zbekgidroenergo tomonidan onlayn uchrashuv - vebinar tashkil etildi. Unda ushbu tadbirga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda sohada olib borilayotgan investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Vebinarda, shuningdek, gidroenergetika tarmog‘ini isloh qilish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda sohaning yangi istiqbolli loyihalari haqida so‘z bordi.

 

Yangiliklar lentasi
0