05:56 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
152110

Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpogʻiston va har bir viloyat boʻyicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan  Vazirlar Mahkamasiga tuman va shaharlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, kuz-qishga tayyorgarlik yuzasidan Toshkent shahrining 12 ta tumani, Qoraqalpogʻiston va har bir viloyat boʻyicha alohida-alohida qaror qabul qilish topshirildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Bosh vaziri Toshkent shahri tumanlariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari viloyatlarga shu masalalar boʻyicha masʼul etib biriktirildi.

Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol ogʻir boʻlgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi taʼkidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod taʼmirga muhtoj koʻp qavatli uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, 131 ta ijtimoiy soha obʼyektini mukammal va 3 mingtasini joriy taʼmirlash vazifasi qoʻyildi. Tibbiyot va taʼlim muassasalarining tayyorgarlik holati koʻrib chiqildi.

Bu yil kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna koʻmir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni gʻamlash va yetkazib berish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Koʻmir arzon boʻlishi uchun uni import qiluvchi tadbirkorlarga temir yoʻlda tashish boʻyicha chegirma berish muhimligi taʼkidlandi.

Bosh prokuraturaga koʻmir narxini asossiz oshirib yuborish, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini olish yuzasidan koʻrsatma berildi.

"Hududgaztaʼminot" aktsiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qoʻyildi.

Joriy mavsumda elektr energiyasiga talab oʻtgan yilgiga nisbatan 7,5 foiz koʻp boʻlishi kutilmoqda. Bu soha barqaror ishlashi uchun issiqlik elektr stantsiyalarini tabiiy gaz va mazut bilan taʼminlash, elektr tarmoqlari, podstantsiya va transformatorlarni taʼmirlash muhimligi taʼkidlandi.

Videoselektor yigʻilishida hukumat aʼzolari, tegishli tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berdi.

Asosiy mavzular