09:02 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
126 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga qaraganda, 2020 yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. 2020 yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida keltirilgan.

Maʼlum qilinishicha, 2019 yil yanvar-avgust oylariga nisbatan oʻsish 147,2 foizni tashkil etdi.

2020 yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 50 foizga teng boʻldi.

2020 yilning yanvar-avgust oylari yakuni boʻyicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 24,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSH dollariga yoki 12,7 foizga kamaygan.

Asosiy mavzular