00:33 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
22710

Ayni vaqtda xorijga Fargʻona bogʻlarida pishib yetilgan 3 ming tonnadan ortiq anor eksportga joʻnatildi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Quva anorlari 7 ta davlat - Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirligi, Qozogʻiston, Qirgʻizistonga eksport qilinmoqda.

Ayni vaqtda Fargʻona bogʻlarida pishib yetilgan 3 ming tonnadan ortiq anor eksportga joʻnatildi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar qildi.

Qadimdan anorchilik ulkan daromad manbai, kamyob va shifobaxsh neʼmat sifatida baholangan. Zamonaviy tibbiyot, xalq tabobatida juda foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jahon bozorida ushbu mahsulotga boʻlgan talab va taklif yuqori.

“Shu bois anorzorlarni kengaytirish, serhosil, ertapishar navlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar Rishton va Oltiariq tumanlarida 1 ming 400 gektar yangi anorzorlar tashkil etildi.

2025 yilga borib viloyatdagi anor maydonlari 20 ming gektarni tashkil qiladi va yiliga 200 ming tonnadan ortiq anor yetishtiriladi. Bu mavsum davomida 120 ming tonnadan ortiq anor eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular