13:40 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
76 0 0

Xalqaro fitosanitariya talabiga muvofiq yetishtirilgan va qadoqlangan meva sabzavotlarni 3-4 baravar qimmat sotish mumkin.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Kecha, 21 sentyabr kuni prezidentShavkat Mirziyoyev huzurida oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻsimliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilindi. 

Yigʻilishda qayd etilishiga koʻra, Oʻzbekistonda kelgusi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish moʻljallangan.

Yetishtirilgan mahsulotlar uchun tobora koʻproq bozorlarni ochish, ularni yangi bozorlarda 3-4 barvar qimmatga sotish uchun - mahsulotlarni xalqaro fitosanitariya talablariga asosan yetishtirish qa qadoqlash talab qilinadi. 

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida mahsulot yetishtiruvchi, qadoqlovchi va eksport qiluvchi har bir korxonaga karantin inspektorlarini biriktirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Shuningdek sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatsiya tizimini tatbiq etish uchun prezident tomonidan Fitosanitariya boʻyicha yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifi kiritildi.

Fan bilan amaliyot uygʻunligini taʼminlash, eksportchi korxonalar mutaxassislariga xalqaro fitosanitar talablarni tushuntirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ham xalqaro fitosanitariya talablari oʻqitilishi taʼkidlandi.

Xabarda aytilishiga koʻra, bugun ushbu sohada xususiy sektor ishtirokida oʻsimliklar 205 ta klinikasi, 690 ta biolaboratoriya mavjud. Sifat va raqobatni taʼminlash maqsadida bunday xususiy klinika va biolaboratoriyalarni koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasiga 1 dekabrga qadar oʻz maʼlumotlar bazasini bojxona organlarining “Yagona darcha” elektron tizimiga toʻliq integratsiya qilish vazifasi qoʻyildi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekiston 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomasini olgan. Sertifikatsiya uchun oʻnlab qogʻoz hujjatlar oʻrniga yagona elektron tizim joriy etilib, eksportchilarning arizalarini koʻrib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga tushirilgan.

Asosiy mavzular