08:03 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
219 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSH dollariga koʻp.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Joriy yilning 1 sentyabr holatiga Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Bunda eksport ulushi 255,1 mln. AQSH dollari va import hajmi 61,9 mln. AQSH dollariga teng.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSH dollariga koʻp.

Maʼlumot shrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln.), kimyoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln.), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln.), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln.), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln.) va boshqa mahsulotlar 52 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 28-30 sentyabr kunlari Tojikistonga tashrifi arafasida ikki davlat oʻrtasida keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular