13:20 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
83 0 0

Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boshidan 12,7 foizga yoki 3,1 milliard dollarga oshdi.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020 yil boshidan 12,7 foizga yoki 3,1 milliard dollarga oshgan holda 2020 yil 1 iyul holatiga koʻra, 27,6 milliard dollarni tashkil qildi. Ushbu raqamlar Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi
Oʻzbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi

“2020 yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi oʻsish tendentsiyasini saqlab qoldi. Ushbu jarayon COVID-19 virusining tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, – deyilgan xabarda.

2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining oʻsishi 1,7 milliard dollarni tashkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi sababli Oʻzbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida 2020 yilning boshiga nisbatan kamaydi.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oshdi.

2020 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,8 milliard dollar, tekstil va toʻqimachilik sektori korxonalari – 71 million dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 154 million dollar tomonidan amalga oshirildi.

Asosiy mavzular