09:11 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
362 0 0

“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investitsion loyihaning texnik parametrlarini hal etishiga qarab, loyihani amalga oshirishni 2020 yil oktyabr oyining oxirigacha boshlash moʻljallanmoqda.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi 2020 yil oktyabr oyining oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov  Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreys-oʻzbek assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Hyundai” tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boʻyicha loyihani amalga oshirishning keyingi amaliy bosqichlari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

“Hyundai Motors” Janubiy Koreya kompaniyasining investitsion loyihaning texnik parametrlarini hal etishiga qarab, loyihani amalga oshirishni 2020 yil oktyabr oyining oxirigacha boshlash moʻljallanayotgani taʼkidlandi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, tijorat avtomobillari uchun butlovchi va ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yoʻnaltirilgan istiqboldagi qoʻshma loyihalar boʻyicha fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangandagi “Hyundai” avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha investitsiya shartnomasi imzolangani xabar qilingan edi. Undan avval esa “Hyundai” kompaniyasi 2020 yilning fevral oyidan Namangan viloyatida avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular