22:35 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
226 0 0

Oʻzbekiston tashqi qarzi 2020 yilning 1 yarim yilligida 12,7% oshdi. Bunga sabab - COVID-19 sabab yuzaga kelgan krizisning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini kamaytirish xarajatlari, deb tushintirdi MB.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Oʻzbekiston  umumiy tashqi qarzi miqdori 2020 yilning yanvar - iyun oylarida oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 12,7%ga oshib 27,6 milliarda dollarni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Markaziy banki. 

Ushbu qarzning katta qismi davlat hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Umumiy qarzning davlat ulushi 17,48 mlrd.$ (+10,7%)  va xususiy kompaniyalar ulushi esa 10,127 mlrd. $ ni tashkil qildi (+16,2%).

Davlat qarzi tarkibida 10 yil va undan ortiq muddatga olingan qarzlar 20,3 milliard dollarni (73,5%) tashkil qiladi. 1 yildan 5 yilgacha olingan qarzlar esa 3,395 milliard dollarni (12,3%) tashkil qilmoqda.

Markaziy bank xabariga koʻra, tashqi qarzning oshishi COVID-19 tarqalishi tufayli yuzaga kelgan krizisning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish uchun olingan tashqi qarzlar tufayli sodir boʻlgan. 

Oʻzbekiston prezidenti mart oyida COVID-19 oqibatlariga qarshi kurash uchun kapitali miqdori 1 milliard boʻlgan Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil qilishni buyurgan va hukumatga davlat byudjetini moliyalashtirish uchun tashqi manbaalar qidirish topshirilgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga, jumladan Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan - 375 million dollar, Jahon bankidan - 295 million dollar va Osiyo Taraqqiyot bankidan – 600 million dollar qarzlar jalb etilgan edi. 

Maʼlumot uchun, 2019 yilda Oʻzbekiston YAIMi 57,9 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi. Nufuzli Xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston YAIMi 2020 yilda  5,0-5,8 %ga oʻsishini bashorat qilishgan edi. Lekin COVID-19 umumjahon epidemiyasi tufayli ushbu prognozlar 1,0-1,8% darjasigacha qisqartirildi. 

Asosiy mavzular