Eng ko‘p avtotransport vositalari qaysi hudud aholisiga tegishli

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududlarida eng ko‘p avtomobil Toshkent shahrida (417 646 ta).

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. 2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta

Yuk avtomobillari – 150 294 ta

Avtobuslar – 5 072 ta

Mikroavtobuslar – 10 590 ta

Maxsus  transportlar – 3 756 ta

2020 yil 1-yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0