14:18 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
142 0 0

Xabarda yozilishicha, loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining paralell ishlashi vaqtida elektr energiyasi ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiladi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Xitoyning “Shanghai Electric Power Transmission & Distribution” kompaniyasi 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻini tiklash xalqaro tender tanlovida gʻolib boʻldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Loyiha doirasida 500 kVli Gʻuzor – Regar (L-507) elektr uzatish tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi”, - deyilgan xabarda.

Loyihaning dastlabki qiymati 25 million dollarni tashkil etadi.

Taʼkidlanishicha, loyiha Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular