00:08 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
169 0 0

Dushanbeda Oʻzbekiston-Tojikiston savdo-iqtisodiy komissiyasi yigʻilishi hamda ikki davlat ishbilarmonlar biznes-forumi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasya 29 sentyabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda OʻzA. 

Tashrif kun tartibida Hukumatlararo komissiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha 7-yigʻilishi boʻlib oʻtishi hamda Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Hukumatlararo komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Dushanbe xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.

Asosiy mavzular