21:25 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
193 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri yaqin yillarda Tojikiston bilan oʻzaro savdo aylanmasi 1 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.

Har ikki davlat delegatsiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Abdulla Aripov iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasida borasida soʻz yuritdi.

“Bizdagi statistikaga koʻra soʻnggi uch yilda har ikki davlat oʻrtasidagi savdo aloqalari ikki yarim barobarga oshdi. Oʻzbekistonning Tojikistonga eksporti 2,1 barobarga oshgan boʻlsa, Tojikiston eksporti qariyb 5 barobar ortdi. Bundan kelib chiqadiki, bizning munosabatlarimiz faqat bir tomonlama manfaatli hamkorlik emas, balki har ikki tomonga naf keltiradi”, - dedi Aripov.

Aripovning soʻzlariga koʻra, joriy yilda pandemiya tufayli Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash pasaydi, ammo faqat Tojikiston bilan oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga oshib, 317 million dollarni tashkil etdi.

“Yaqin yillarda oldimizga qoʻyilgan vazifa — oʻzaro tovar aylanmasini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish imkoniyatiga egamiz”, - dedi bosh vazir.

Ushbu maqsadda bozorlarga zarur va talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish, savdo-sotiqdagi turli toʻsiqlarni olib tashlash va qulay sharoitlar yaratish, birgalikda yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini tashkil etib, uchinchi davlatlarga eksportni amalga oshirish muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi

Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikistonda boʻlib turibdi. Tashrif kun tartibida Hukumatlararo komissiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha 7-yigʻilishi boʻlib oʻtishi hamda Oʻzbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yigʻilishini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular