07:05 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
1145 0 0

Oʻzbekiston bozorida Seltos krossoveri narxi 230 mln soʻmdan, K5 sedani esa 250 mln soʻmdan boshlanmoqda.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Jizzaxdagi zavodda yigʻiladigan KIA avtomobillari — Seltos va K5 modellarining narxlari eʼlon qilindi.

Seltos krossoveri uchta komplektatsiyada taqdim qilinadi:

  • Luxe — 229 900 000 soʻmdan;
  • Style — 252 900 000 soʻmdan;
  • Prestige — 279 900 000 soʻmdan.

K5 sedani esa beshta komplektatsiyada taklif qilinmoqda:

  • Comfort — 249 900 000 soʻmdan;
  • Luxe — 269 900 000 soʻmdan;
  • Prestige — 293 900 000 soʻmdan;
  • Style — 343 900 000 soʻmdan;
  • GT Line — 369 900 000 soʻmdan.

Avvalroq “Jizzax” erkin iqtisodiyot zonasidagi ADM-Jizzakh zavodi noyabr oyidan boshlab eng yangi modellardan boʻlgan — KIA Seltos va KIA K5 avtomobillarini yigʻishni boshlashi haqida xabar qilingan edi.

Birinchi bosqichda zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming donani tashkil etadi. Keyinchalik ushbu koʻrsatkich 100 mingtaga yetkaziladi..

Asosiy mavzular