O‘zbekiston va Tojikiston qanday qilib o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazishi mumkin

© © iz lichnogo arxiva Umarova XodjamaxmadaXodjamaxmad Umarov, ekspert Instituta ekonomiki i demografii AN RT
Xodjamaxmad Umarov, ekspert Instituta ekonomiki i demografii AN RT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va demografiya instituti bo‘lim mudiri, iqtisod fanlari nomzodi Hojamahmud Umarov ikki respublika o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasini oshirish imkoniyatlari xususida so‘zlab berdi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasini oshirish salohiyati yuqori darajada.

Mutaxassis Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan so‘ng Tojikistonda O‘zbekiston hukumatining mayli yo‘qligi tufayli respublika bilan hamkorlik qilish kayfiyati keskin pasayib ketganini qayd etdi. Ammo hokimiyat tepasiga yangi prezident kelgandan so‘ng har ikki tomon o‘z munosabatlarini rivojlantirishga astoydil bel bog‘lashdi.

“O‘zbekiston Tojikistonga katta hajmda tabiiy gaz yetkazib berishi mumkin, buning ustiga hozir Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yangi gaz konlari ochildi”, - deydi Umarov.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kirgizstana Akramom Madumarovim - Sputnik O‘zbekiston
Aripov: Tojikiston bilan o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazish imkoniyatiga egamiz

Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Tojikistonga turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda qo‘shni respublikaga temir yo‘llarni modernizatsiya qilishga yordam berish imkoniyatiga ega.

“Hozirda Toshkent va Buxoro o‘rtasida harakatlanayotgan tezurar poyezdlar kelajakda Dushanbe shahrigacha ham harakatlanishni boshlaydi”, - deya fikr bildirdi ekspert.

Hojamahmud Umarovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston o‘z navbatida ko‘plab mahsulot turlarini o‘zbek bozoriga yetkazib berishni ko‘paytirishi mumkin.

“O‘zbekistonda yuqori sifatli sement tanqis. Tojikiston bu borzorga uch million tonnadan ziyod sement yetkazib berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, Tojikistonda elektr energiyasi keragidan ortiqcha ishlab chiqariladi. Yoz mavsumida O‘zbekistonga uch milliard kilovatt-soatgacha elektr energiyasini uzatishimiz mumkin”, - deya ta’kidladi Umarov.

U kelajakda har ikki mamlakat mehnat migratsiyasi sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur deb hisoblaydi. Chunki hozirda yuqori malakali ishchi kuchiga doimiy talab mavjud.

Eskpertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kak Uzbekistan i Tadjikistan smogut uvelichit prodaji do $1 mlrd — ekspert
Yangiliklar lentasi
0