12:11 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
246 0 0

Tomonlar bojxona va chegara nazorati tartiblarini optimallashtirish, shuningdek, temir yoʻl infratuzilmasi obʼyektlarini qurish, modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Oʻzbekiston-Tojikiston biznes-forumi yakunlari koʻra umumiy qiymati 724 mln dollarlik 308 ta investitsiyaviy va savdo bitimlari imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Abdulla Aripov Qohir Rasulzoda hamraisliklarida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining 7-yigʻilishida ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, aktsiyadorlik jamiyatlari va hoʻjalik birlashmalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

V Dushanbe sostoyalos zasedaniye Uzbeksko-Tadjikskoy Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu sotrudnichestvu
Press-slujba MIVT Uzbekistana
V Dushanbe sostoyalos zasedaniye Uzbeksko-Tadjikskoy Mejpravitelstvennoy komissii po torgovo-ekonomicheskomu sotrudnichestvu

Tadbir davomida investitsiyaviy, savdo, bank-moliya, ilmiy-maʼrifiy, turizm va madaniy-gumanitar sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi kengayishining masalalarini batafsil muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Tomonlar yengil sanoat, oziq-ovqat, elektrotexnika tarmoqlari, mashinasozlik, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalari ustida birgalikda ishlashga kelishib olishdi.

Shu munosabat bilan, savdo qilish jarayonlarini yengillashtirish, mavjud toʻsiqlarni birgalikda bartaraf etish va savdo aylanmasi tuzilmasini diversifikatsiyalashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish boʻyicha ekspert maslahatlashuvlarini oʻtkazish, har ikki mamlakat hududlarida savdo uylarini tashkil etish masalasi ustida ishlash kabi oʻzaro savdo-sotiqning oʻsishini taʼminlash boʻyicha keyingi harakatlar kelishib olindi.

Oʻzbekiston va Tojikiston qanday qilib oʻzaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazishi mumkin

Tomonlar bojxona va chegara nazorati tartiblarini optimallashtirish, shuningdek, temir yoʻl infratuzilmasi obʼyektlarini qurish, modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldi.

Aripov: Tojikiston bilan oʻzaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazish imkoniyatiga egamiz

Eslatib oʻtamiz, Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.

Asosiy mavzular